Navoiyda sud raisi qo‘l ostidagi xodimni do‘pposladi

Navoiyda sud raisi qo‘l ostidagi xodimni do‘pposladi

15 fevral kuni Navoiy viloyat ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi raisi Otabek Toshev qo‘l ostida ishlovchi xodimi Dilshod Norovni ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida yerga yotqizib tepkilagan. Bu ma’lumotni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

Viloyat sudida texnik xodim sifatida faoliyat ko‘rsatadigan Dilshod Norov ayni vaqtda Navoiy viloyat kasalxonasi xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.

Navoiy shahar prokuraturasida mazkur holat buyicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda. Sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Natijasi yuzasidan ma’lumot beriladi , deyilgan Bosh prokuraturasi xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!