Navoiyda quruvchining ustiga beton plita quladi

Navoiyda quruvchining ustiga beton plita quladi

Navoiy viloyati FVB xodimlari quruvchini beton plitasi ostidan qutqarib oldilar.

Mazkur hodisa bugun soat 08:00 da Navoiy viloyati Karmana tumani “Dehqon” MFYda sodir bo‘ldi.

Aniqlanishicha, olib borilayotgan qurilish ob’ektida ishchi-xodim S.Z.ning ustiga beton plita qulagan. Buning oqibatida fuqaro beton ostida qolib ketgan. Voqeaga guvoh bo‘lganlar darhol qutqaruv xizmatiga xabar bergan.

Olingan xabar asosida viloyat FVB yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borib, qisqa vaqt ichida beton plita ostida qolgan quruvchini chiqarib olishgan. Oyog‘idan jarohatlangan fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatilib, Karmana tumani Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!