Navoiyda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi

Navoiyda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi

Navoiyda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda viloyat hokimi Qobil Tursunov ma’lum qildi.

Hokim hudud aholisiga murojaat yo‘lladi.

«Kuni kecha, viloyatimizda olib borilayotgan davolash-profilaktik tadbirlar, tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramay, ilk bor o‘lim holati qayd etildi», dedi u.

Hokim o‘lim holati aynan qachon yuz bergani, bemorning yoshi va jinsiga doir ma’lumotlarni oshkor qilmagan. Ta’kidlash joiz, Navoiy viloyatidagi o‘lim holati yuzasidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha biror axborot bergani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!