Narendra Modi Hindistonning nomi "Bharat"ga o‘zgarayotganini ta’kidladi

Narendra Modi Hindistonning nomi "Bharat"ga o‘zgarayotganini ta’kidladi

Avvalroq Hindiston davlatining nomi Bharat deya o‘zgartirilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi buni o‘z xatti-harakatlari bilan tasdiqladi.

Gap shundaki, G20 davlatlarining birinchi sessiyasida qatnashgan Narendra Modi o‘z oldidagi stolga mamlakatning odatiy nomi o‘rniga “Bharat” yozuvi tushirilgan belgi qo‘ydi.

Avvalroq esa Modi Hindiston so‘zining o‘rniga Bharat so‘zini ishlatgandi.

Hindiston mamlakat nomini Bxarat deb o‘zgartirishga qaror qilgani ma’lum qilindi. Mamlakat konstitusiyasiga ko‘ra, ingliz va hind tillari rasmiy tillardir, lekin ingliz tilida shtat Hindiston, hind tilida esa Bharat deb ataladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!