Namanganda kabobdan ommaviy zaharlanish yuz berdi

Namanganda kabobdan ommaviy zaharlanish yuz berdi

Namangan viloyati Chust tumanida fuqarolar ommaviy zaharlanish natijasida tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Chust bozori yaqinidagi tamaddixonalardan birida 21 okyatbr kuni ovqatlangan taxminan 30 ga yaqin odamlar sog‘lig‘idan shikoyat qilib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, odamlar go‘shtdan tayyorlangan kabob iste’mol qilgach, shifoxonaga murojaat qilgan.

Ularning olti nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda. Qolgan bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatilgan va uy sharoitida muolajani davom ettirish uchun javob berib yuborilgan.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!