Musulmonlarning Jahon chempionligi islomofobiyaga qarshi chorlovmi?
Fransiya terma jamoasi tarkibidagi musulmon futbolchilarning jahon chempioni bo‘lganligi mamlakatda ksenofobiya va islomofobiyani to‘xtatishga bo‘lgan chaqiriq sifatida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya Xorvatiyani mag‘lub etib Jahon chempionligidagi o‘zining ikkinchi g‘alabasini nishonladi. Urilgan gollarning ikkitasiga migrant va musulmon futbolchilar mualliflik qilishdi. Ko‘p holatlarda Fransiyada hukm surayotgan ksenofobik va islomofobik ijtimoiy siyosat yuqoridagi o‘yinchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Fransiya futbol terma jamoasining 78.3 foizini muhojirlar tashkil etadi va ularning uchdan bir qismi musulmonlar. Bu ko‘rsatkichlar, joriy yilda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Ko‘pincha Fransiyada immigrantlarga nisbatan ksenofobik va islomofobik ijtimoiy siyosat hukm surgan, ammo futbolchilarga kelganida bu narsa e’tiborsiz qoldirildi. Chunki Fransiya terma jamoasining 78.3 foizini immigrant futbolchilar tashkil qilmoqda. Tarkibdagi har 3 futbolchining bittasi musulmon. Bu, ko‘rsatkich Jahon chempionatlari tarixidagi eng yuqorisi bo‘ldi. Umuman olib qaraganda immigrantlar Fransiyaning umumiy aholisining 6,8 foizini tashkil qiladi.
Masalan, Xorvatiyaga gol urgan futbolchilarning 2 nafari afrikalik muhojirlarning farzandlari: Pol Pogba – uning ota-onasi Gvineyadan, Kiliyan Mbappe – onasi jazoirlik, otasi kamerunlik.
Terma jamoada Pogba, Ngolo Kante va yana 5 nafar futbolchi musulmondir.
Yana bir qiziq ma’lumot: Jahon chempionati ishtirokchilarining faqat uchdan bir qismini oq tanli evropaliklar tashkil etadi.
Final o‘yinidan so‘ng futbol muxlislari Tvitter orqali, Fransiyani “ikkiyuzlamachilikni” tugatishga chaqirishdi va muhojir musulmonlarning jamiyat rivojlanishiga asosiy hissa qo‘shayotganligini ta’kidlab o‘tishdi.
Quyida Tvitter orqali bildirilgan bir necha fikrlarga e’tibor qaratsak:
“Fransiyaning islomga qarshi barcha qonunlarini unutaylik, Jahon chempionligiga yordam bergan musulmonlarni, kelinglar, doimo yodimizda saqlaylik”.
“Fransiyaning musulmonlarga qarshi “ikkiyuzlamachi” siyosati “uyalmoqda”.
Ba’zi foydalanuvchilar Fransiyaning g‘alabasini migrantlar va musulmonlarning huquq va qadr-qimmatini himoya qiladigan siyosat olib borishga chaqiriq sifatida tan olishni talab qildilar.
“Afrikaliklar va musulmonlar sizlarga ikkinchi Jahon chempionligini olib berishdi, endi sizlar ularga adolat qilinglar”.
“Immigrantlar Fransiyani kuchliroq qilyapti va o‘z ishlarini bajarishmoqda”.
