Musulmonlarga Pekin Olimpiadasida qatnashish taqiqlandi

Musulmonlarga Pekin Olimpiadasida qatnashish taqiqlandi

Musulmonlarni birlashtirgan nodavlat tashkilot bo‘lgan Xalqaro Imomlar kengashi islom diniga e’tiqod qiluvchilarga 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga borishni taqiqladi. Taqiq Xitoyda yashayotgan uyg‘ur musulmonlariga nisbatan zulm bilan bog‘liq, deyiladi kengash o‘z veb-saytidagi bayonotida.

Olimpiadada qatnashish “uyg‘urlarni genosid va etnik tozalashga mas’ul bo‘lgan zolim va despotik rejim manfaatlariga bevosita xizmat qilishi” ta’kidlanadi.

Xitoyning Shinjon viloyatida bir milliondan ortiq uyg‘urlar - turkiy millatga mansub musulmonlar yashaydi. Yevropa va Amerika ommaviy axborot vositalari bu etnik guruh vakillari mamlakat hukumati tomonidan davlat lagerlarida majburan ushlab turilib, mehnatga majburlanayotgani haqida uzoq vaqtdan buyon bahslashmoqda. Bundan tashqari, u yerda yashovchi musulmonlarga o‘z farzandlariga an’anaviy ism qo‘yish taqiqlangani, ular cho‘chqa go‘shti yeyishga va spirtli ichimliklar ichishga majburlangani aytiladi.

Pekin Olimpiadasi 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!