Mujtabo Homanaiy: Ali Homanaiy uchun qasos olinadi.

Mujtabo Homanaiy: Ali Homanaiy uchun qasos olinadi.

Eronning yangi oliy rahbari otasi Ali Homanaiyning o‘limi uchun qasos olish xalq talabi ekanini bildirdi.

Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Homanaiy halok bo‘lgan otasi va o‘zidan oldingi oliy rahbar Ali Homanaiy uchun qasos olish «xalq talabi» ekani va bu «albatta amalga oshirilishi lozim»ligini aytdi.

Bu bayonot davlat teleradiokompaniyasi ma’lum qilishicha, motam marosimi chog‘ida o‘qib eshittirilgan murojaatda yangradi.

«Sizning nohaq to‘kilgan qoningiz va ushbu ikki urushda halok bo‘lgan barcha shahidlar uchun jinoyatchi va nomard qotillardan qasos olishga va’da beramiz», — deyiladi Mujtabo Homanaiy murojaatida.

Ali Homanaiy payshanba kuni Eronning shimoli-sharqidagi Mashhad shahrida joylashgan Imom Rizo maqbarasiga dafn etildi. Shu bilan bir hafta davom etgan motam marosimlari yakunlandi.

Eron rasmiylariga ko‘ra, Ali Homanaiy 28 fevral kuni boshlangan AQSh va Isroilning Eron hududiga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lgan. Shundan keyin Tehron javob hujumlarini amalga oshirgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp unga nisbatan suiqasd uyushtirilgan taqdirda Eron Vashington tomonidan misli ko‘rilmagan ko‘lamdagi javob zarbalariga duch kelishini bildirgan edi. Bundan avval AQSh ommaviy axborot vositalari Isroil Vashingtonga Eron tomonidan Trampga qarshi tayyorlanayotgan ehtimoliy suiqasd rejasi haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жейм