Moskva AQShning Suriyaga bergan zarbasini qoraladi

Moskva AQShning Suriyaga bergan zarbasini qoraladi

Moskva Vashingtonning Suriyadagi ob’ektga qarshi aviazarbasini qoralaydi va AQShni Suriya suverenitetini hurmat qilishga chaqiradi. Rossiya TIV shunday bayonot berdi.

Ma’lumot uchun, 26 fevral kuni AQShning Suriyaga bergan aviazarbasi natijasida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Gap Eroniyparast qurolli tuzilmalarning jangarilari haqida ketmoqda. AQSh zarbalar uchun F-15 qiruvchisidan foydalangan.

Pentagon Amerika harbiylarining Suriya hududiga bergan zarbasini tasdiqladi. Hujumga buyruq AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan berilgan. AQSh harbiylarining maqsadi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan milisiyaning infratuzilmasi edi. Departamentning ta’kidlashicha, zarbalar so‘nggi paytlarda Iroqdagi AQSh va koalisiya vakillariga qarshi hujumlarga javoban qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!