Mish-mishlar chinga aylanmoqda! Babayan yana murabbiylikka qaytadi

Mish-mishlar chinga aylanmoqda! Babayan yana murabbiylikka qaytadi

Bugun Toshkentning “Lokomotiv” klubida murabbiy o‘zgarishi kutilmoqda. Worldnews.uz axborot agentligiga ma’lum bo‘lishicha, kecha Superliganing 12-turida “Dinamo”ga uchralgan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng “temiryo‘lchilar”ni boshqarib kelayotgan Andrey Fyodorov lavozimidan ozod etilib uning o‘rniga Samvel Babayan tayinlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samvel Babayan murabbiylikka qaytish niyati hozircha yo‘q ekanligi, kelib tushgan takliflarga rad javobini berganini aytib o‘tgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Andrey Fyodorov 2018 yilning aprel oyida Andrey Miklyayev o‘rniga “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Samvel Babayan esa yaqinda “Lokomotiv” klubida prezident maslahatchisi bo‘lib ish boshlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!