Mirjalol Qosimovning o‘rniga xorijdan murabbiy olib kelinadi

Mirjalol Qosimovning o‘rniga xorijdan murabbiy olib kelinadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga xorijdan murabbiy izlanmoqda. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ungacha olimpiya terma jamoasini Ravshan Haydarov boshqarib turadi. Avvalroq O‘FA «Bunyodkor» klubi ustozi Mirjalol Qosimov Olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar bergandi. Qosimovning nima sababdan terma jamoani boshqaruvga olmagani ochiqlanmagan. Uning o‘rniga xorijdan murabbiy olib kelinadi. 

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 12-20 noyabr kunlari BAAda bo‘lib o‘tadigan Dubai Cup xalqaro musobaqasida ishtirok etadi. Mazkur musobaqa orqali murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘zdan kechirib, jamoani shakllantirish ishlarini olib boradi.

Ushbu musobaqada O‘zbekiston Yaponiya, Kuvayt va BAA terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!