Meyuezerni kikbokschi bilan jang qilishga ko‘ndirishmoqchi

Meyuezerni kikbokschi bilan jang qilishga ko‘ndirishmoqchi

Yaponiyaning Rizin tashkiloti amerikalik bokschi Floyd Meyuezerni yangi yil oldidan o‘tkaziladigan Rizin 14 turnirida ishtirok etishga ko‘ndirmoqchi. Bu haqdagi bayonot Yahoo.jp saytida e’lon qilindi.

Rizin ishqibozlardan amerikalik bokschining yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukavaga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan jangi borasidagi chalkashliklar uchun uzr so‘ragan. Rahbariyat Meyuezer bilan kelishishga urinib ko‘rishini bildirgan. Muloqot natijasi haqida kelasi haftada ma’lum qilinadi.

5 noyabr kuni Rizin tashkilotining bosh direktori Nobuki Sakakibara Meyuezer 20 yoshli Nasukavaga qarshi ringga chiqishini e’lon qilgandi. Ammo keyinroq bokschi yaponiyalik bilan jang o‘tkazishga rozilik bermaganini bildirdi.

41 yoshli Meyuezer professional faoliyati davomida biror marta ham yutqazmagan. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!