Evropa klublari futboli terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusga chiqdi. Top chempionatlar mart oyi oxirida davom ettiriladi. "Real Madrid" Ispaniya La Ligasining so‘zsiz peshqadami sifatida tanaffusga chiqdi. "Qirollik klubi" turnir jadvalida ta’qibchilaridan sezilarli o‘zib ketdi va ishonch bilan yana bir chempionlik sari intilmoqda. Aprel oyida "Real" chempionlik uchun kurashda muhim o‘yinlardan birini o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Madridliklar 32-turda “Barselona”ni qabul qiladi. Jamoalarning turnir jadvalidagi holatidan qat’i nazar, "Real" va "Barsa" o‘rtasidagi o‘yinlar har doim futbol olami uchun ajoyib voqeaga aylanadi. "El-klasiko" shunchaki zerikarli bo‘lishi mumkin emas. Buyuk klublar o‘rtasidagi qarama-qarshilik allaqachon futbol doirasidan chiqib ketgan. Madrid va kataloniyaliklar o‘rtasidagi kelishmovchilik siyosiy oqibatlarga ham ega. Ammo bugun biz faqat o‘yin haqida gaplashamiz. To‘g‘rirog‘i, bu uchrashuvlarda o‘zini yaqqol ko‘rsatgan futbolchilar haqida. E’tiboringizga: "El-Klasiko"ning tarixdagi eng yaxshi to‘purarlari beshligini taqdim etamiz.
5. Raul. "El-klasiko"dagi gollar: 15 ta
Buyuk to‘purar "Real"ning emas, balki boshqa Madrid klubining afsonasiga aylanishi mumkin edi. Futbolchining otasi "Atletiko"ning ashaddiy muxlisi bo‘lib, aynan shu jamoada Raul o‘smirlik chog‘ida futbol mahoratini o‘rgangan. Ammo “Real Madrid” skautlari faollik ko‘rsatib, iqtidorli yigitni o‘z ixtiyoriga olib ketishdi. Hujumchi o‘zining ilk o‘yinini 1994 yilda "Barselona"ga qarshi o‘tkazgan. O‘sha uchrashuvda "Real" o‘z maydonida g‘alaba qozondi - 5:0, ammo yosh forvard gol ura olmadi. Ammo keyingi yili Raul asosiy raqib darvozasini ishg‘ol qildi - Madridda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. "Barsa" bilan o‘yinlarda u uch marta dubl qayd etgan. Ajablanarlisi, lekin haqiqat: bu o‘yinlarning barchasi bir xil - 2:2 hisobida yakunlangan.
4. Karim Benzema. "El-klasiko"dagi gollar: 16 ta
Fransiyalik forvard ilk bor 2007 yilda, ya’ni "Real Madrid"ga o‘tishdan oldin "Barselona"ga qarshi o‘ynagan. Benzema o‘shanda "Lion"da o‘ynardi. Chempionlar ligasida u kataloniyaliklarga qarshi debyut o‘yinida 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Balki o‘shandayoq Benzema "ko‘k-anorranglilar" bilan qarama-qarshilik ruhini his qilgandir. Karim o‘zining ilk "el-klasiko"sida gol urdi. Biroq fransuzning o‘shanda, 2011 yil dekabrida urgan goli “Real”ni o‘z maydonidagi mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi – 1:3. O‘shandan keyin hujumchi "Barsa" darvozasiga ko‘p marotaba gol urgan. Va bir marta u hatto xet-trik qayd etdi: 2023 yilning aprelida madridliklar Ispaniya kubogining yarim finali javob o‘yinida raqiblarini mag‘lub etishdi va uchta goldan tashqari Benzema yana golli uzatma ham amalga oshirdi.
3. Alfredo di Stefano. "El-klasiko"dagi gollar: 18 ta
Ko‘p yillar davomida buyuk hujumchi "El-klasiko" tarixida so‘zsiz to‘purar bo‘lib qoldi. Di Stefano haqli ravishda "Real Madrid" afsonasi sanaladi va klub tarixidagi asosiy to‘purarlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ammo kam odam biladiki, argentinalik futbolchining Yevropadagi faoliyati Madriddan emas, balki... "Barselona"dan boshlanishi mumkin edi. 1953 yilda forvard deyarli Kataloniya jamoasiga o‘tgandi. U hattoki “Barsa” safida uchta o‘rtoqlik o‘yini ham o‘tkazdi, biroq “Real Madrid” vakillari iste’dodli hujumchini tortib olishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchi "Barselona"ga qarshi birinchi o‘yinida ikkita gol urdi va "Real" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Qizig‘i, "Real" safida kataloniyaliklar darvozasiga 18 ta to‘p kiritgan Alfredo "Espanyol" o‘yinchisi sifatida ham bir bor "Barsa" darvozasiga yo‘l topgan.
2. Krishtianu Ronaldu. "El-klasiko"dagi gollar: 18 ta
Portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted”da o‘ynab yurgan chog‘ida ham umuman “Barselona” va xususan Lionel Messi bilan raqobatlashgan. Ammo Krishtianu "Real"ga o‘tganidan keyin bu bahs yangi bosqichga ko‘tarildi. Ronaldu ancha vaqt kataloniyaliklar darvozasini ishg‘ol eta olmadi. U bu maqsadiga ilk bor 2011 yilning aprelida, Madridga o‘tganidan deyarli ikki yil o‘tib erishgandi. Krish Ispaniya chempionatida "Barsa"ga gol urdi, "Real" uchun o‘sha uy uchrashuvi durang bilan yakunlandi - 1:1 (mehmonlardan Messi gol muallifi bo‘lgan). Shundan so‘ng Ronaldu muntazam ravishda "Barselona" muxlislarini xafa qildi. Qizig‘i shundaki, portugaliyalik futbolchi Madriddagi uzoq faoliyati davomida "Barsa" bilan o‘yinlarda bor-yo‘g‘i ikki marta dubl qayd etgan, boshqa vaziyatlarda faqat bittadan gol urgan.
1. Lionel Messi. "El-klasiko"dagi gollar: 26 ta.
Bu reytingda ko‘plab afsonalar bor, lekin Messi barcha buyuk to‘purarlardan sezilarli darajada oldinda. Leo birinchi marta Ispaniya chempionati o‘yinida "Real Madrid" darvozasini ishg‘ol qildi. O‘shanda u bitta gol bilan cheklanmagan. 2007 yilning mart oyida 19 yoshli forvard madridliklar darvozasiga uchta gol urdi. Umuman olganda, u ikki bor “el-klasiko”da xet-trik qayd etgan. Ikkinchi marta 2014 yil bahorida bo‘lgan. Birinchi holatda jamoalar 3:3 hisobida o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchisida “Barsa” safarda “Real”ni mag‘lub etgandi – 4:3.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Global Wealth Databook ва Bloomberg томонидан дунёда аҳолисининг катта қисми миллионерлардан иборат бўлган давлатлар рўйхати эълон қилинди. Ўзбекистон бу рўйхатга киритилмади.
Сиёсатчи таъкидлашича, агар бу ракеталар Россияга ҳужум қилиш учун ишлатилса, Москва буни Германиянинг уруш ҳаракатларида бевосита иштироки деб баҳолайди
Ўзбекистонлик аралаш яккакураш устаси Саидёқуб Қаҳрамонов таэквондо WT бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси, икки карра Олимпия ўйинлари ғолиби Улуғбек Рашитов ҳақида фикр билдирди.
Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.
АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.
БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.
Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?
Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.
Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.
Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.
Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.