"Men Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha "oxirgi muddat”ni belgilamaganman"
Men Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha "oxirgi muddat”ni belgilamaganman. Mening yagona oxirgi muddatim bu urushni tugatish, dedi AQSh prezidenti uchrashuv boshlanishida bergan bayonotida.
Donald Trampning Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv boshlanishida bergan bayonotlari:
◾️ Xavfsizlik bo‘yicha kelishuvda nimalar yozilishi hech kimga ma’lum emas. Lekin xavfsizlik kelishuvi qabul qilinadi va u jiddiy kelishuv hisoblanadi;
◾️ Menimcha, Ukraina ham Rossiyaga bir nechta juda kuchli zarbalar berdi va men buni salbiy ma’noda aytmayapman. Rossiyaning turli hududlarida kuchli portlashlar bo‘ldi;
◾️ Biz muzokaralarning yakuniy bosqichidamiz. Yo bu urush tugaydi, yoki yana juda uzoq davom etadi;
◾️ Putin ham, Zelenskiy ham Ukrainada tinchlik bo‘lishini istaydi;
◾️ Ukraina bo‘yicha kelishuv asoslari allaqachon mavjudligiga ishonchim komil;
◾️ Zelenskiy bilan uchrashuvimiz tugagach, Putinga yana qo‘ng‘iroq qilaman;
◾️ Yevropa davlatlari Ukraina mojarosi hal qilingach, tinchlikni ta’minlash jarayoniga kengroq jalb etiladi;
◾️ Zelenskiy bilan uchrashuvimiz so‘nggida Yevropa yetakchilari bilan qo‘shma telefon suhbatini amalga oshiramiz;
◾️ Ukrainadagi urushga barham berish Kiyev uchun katta iqtisodiy foyda keltirishi mumkin.
