Melaniya nega Donald Trampga turmushga chiqqandi? U vafot etdimi?

Melaniya nega Donald Trampga turmushga chiqqandi?  U vafot etdimi?

Amerika prezidenti Donald Trampning sobiq sevgilisi va rafiqasi Melaniyaning sobiq yordamchisi Stefani Uinston-Volkoff birinchi xonim niqob ostida yashirinayotganini aytdi.

"Omma uchun Oq uy rahbarining rafiqasi "sir" bo‘lib tuyuladi, u umuman ko‘rinmay qoldi va odamlar uning 45-prezident bilan hayoti shunchalik sokinmi, deb hayron bo‘la boshladilar, – dedi Uinston-Volkoff. – Melaniya o‘lganmi yoki uy qamog‘idami, yoki u ajrashish to‘g‘risida ariza yozishni xohlayaptimi, bularning barchasini aniqlashga harakat qilyapmiz".

Aslida, Stefanining so‘zlariga ko‘ra, birinchi xonim ham Tramp kabi manipulyativ. Uinston-Volkoff sloveniyalik (Melaniyaning qizlik familiyasi Knavs) Melaniya o‘zi va oilasining biznes va moliyaviy manfaatlarini rag‘batlantirish uchun Tramp bilan nikohga rozi bo‘lganini aytdi. "Melaniyaning so‘nggi 20 yili juda dinamik edi: yosh, shu paytgacha e’tiborga olinmagan modeldan tortib, Donald bilan uchrashish, o‘g‘il tug‘ish, AQSh fuqaroligini olish — va endi 10 yildan so‘ng u mamlakatning birinchi xonimi!" — dedi sobiq yordamchi.

Stefani, shuningdek, birinchi xonimning o‘gay qizi, Trampning otasi bilan yonma-yon turishga intilgan, ambisiyali qizi Ivanka bilan Melaniyaning munosabatlari "zaharli" ekanligini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!