Mayk Tayson Jeyk Polga qarshi jangdan qancha ishlab topadi?

Mayk Tayson Jeyk Polga qarshi jangdan qancha ishlab topadi?

Mayk Tayson Jeyk Polga qarshi jangdan chamasi 20 mln. dollar ishlab oladi.

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo ko‘pchilik o‘qib hazm qila olmayotgan ushbu jangga o‘z munosabatini bildirdi.

Xabaringiz bor, amerikalik boks afsonasi Mayk Tayson yozda videobloger Jeyk Polga qarshi professional boks jangida ringga ko‘tariladi.

"Men Maykni hurmat qilaman. Lekin ravshanki, tango uchun ikki kishi kerak bo‘ladi. Nima demoqchi bo‘layotganimni tushundingiz deb o‘ylayman. Menimcha, Taysonga yaxshigina haq to‘lashadi. Aks holda u bu jangga rozi bo‘lmasdi. Mayk bu shouga o‘xshab ketadigan jangdan taxminan 20 million dollar ishlab oladi. 57 yoshli Tayson o‘zidan 30 yosh kichik bolaga qarshi jang o‘tkazyapti. Tasavvur qilyapsizlarmi?", — deya Sexudoning so‘zlarini keltirmoqda Give me Sport podkasti.

Eslatib o‘tamiz, Mayk Tayson - Jeyk Pol jangi 20 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!