Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik

Qadrli do‘stlar!

Siz, azizlarni – mamlakatimizning bosma va internet nashrlari, teleradiokanallar, axborot va media xizmatlarida, nashriyot va matbaa korxonalarida sidqidildan mehnat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni, zahmatkash jurnalistlar, muhtaram faxriylarni kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Men sizlarni – yuksak bilim va salohiyatga ega, vatanparvar barcha jurnalistlarni o‘zim uchun doimiy maslakdosh, jonkuyar do‘st deb bilishimni yana bir bor izhor etaman.

Bu yil ushbu qutlug‘ ayyom milliy matbuotimiz asosi – jadid bobolarimiz tomonidan “Taraqqiy” gazetasi tashkil etilganiga 120 yil, yurtimizda radioeshittirishlar ilk bor tajriba tariqasida uzatilganiga 100 yil to‘lgan kunlarda nishonlanayotgani unga alohida shukuh bag‘ishlamoqda.

Biz bundan o‘n yil oldin demokratiya, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari, “Inson qadri uchun, inson baxti uchun!” degan ezgu g‘oyaga tayangan holda Yangi O‘zbekistonni qurishga kirishgan edik. O‘tgan qisqa davrda ko‘p millatli xalqimizning fidokorona va sharafli mehnati bilan bu borada ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdik.

Jumladan, jamiyatimizda so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligini kengaytirish, axborot sohasini raqamlashtirish va zamonaviy mediamakonni shakllantirish borasida e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaratilgan mustahkam huquqiy asos, berilgan imtiyoz va preferensiyalar natijasida sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, uning tarkibida xususiy sektorning ulushi yildan yilga oshib bormoqda. Hozirgi kunda qariyb 2 ming 700 ta ommaviy axborot vositalarining 67 foizi, noshirlik sub’ektlarining 90 foizdan ortig‘i, matbaa korxonalarining 83 foizi nodavlat sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Joriy yilda nashriyotlarning ishlab chiqarish quvvati o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar ortib, o‘rtacha 15 ming nomdagi jami 60 milliondan ortiq nusxada kitoblar nashr etildi.

Mazkur ko‘rsatkichlar mamlakatda axborot sohasini liberallashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, media faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ishlari hamda axborot xizmatlari bozori kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Axborot oqimi keskin ortib, dipfeyk texnologiyalari keng tarqalayotgan bugungi davrda manbalarning ishonchli ekaniga alohida e’tibor qaratish mamlakatimizda ham muhim ko‘nikmaga aylandi. Qisqa vaqtda turli media loyihalar orqali 10 ming yoshni qamrab oladigan zamonaviy ta’lim tizimi shakllantirildi.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Biz erkin va mas’uliyatli, xalqchil jurnalistikani jamiyat va davlat rivojlanishining zarur shartlaridan biri deb bilamiz. Bu borada ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyati uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish, ularning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, kasb mahorati va malakasini oshirish, jumladan, ijtimoiy himoyasini ta’minlash, mehnatini rag‘batlantirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan yangi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish, uning nufuzini oshirish va islohotlar jarayonidagi ishtirokini kengaytirish zarur deb o‘ylayman. Nega deganda, tez o‘zgarayotgan bugungi davrning o‘zi ushbu jamoat birlashmasi oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Jurnalistlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga huquqiy va informasion-texnologik yordam ko‘rsatish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda kasbiy birdamligini ta’minlash kabi masalalarga jiddiy e’tibor qaratishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

Bu borada ilk bor mamlakatimiz bo‘ylab uch oy davomida 12 mingdan ortiq soha vakillari, jumladan, yosh jurnalistlarni jalb qilgan holda o‘tkazilgan Media haftalik tadbirlarini kelgusida ham davom ettirish muhim ahamiyatga ega.

Men mamlakat rahbari sifatida milliy ommaviy axborot vositalarimiz davlat va jamiyat o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini bajarish barobarida xalqimizni umummilliy manfaatlar asosida birlashtiradigan, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan qudratli ma’naviy kuchga aylanishi uchun barcha yordam va ko‘makni ko‘rsatishga doimo tayyorman.

Muhtaram matbuot ahli!

Fursatdan foydalanib, bugungi quvonchli sana munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan soha xodimlarini chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Qalamingiz hamisha o‘tkir, so‘zingiz haqqoniy va ta’sirchan, ijodingiz barakali bo‘lsin!

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Fabio Kannavaroning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi taqdiri aniq bo‘ldi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро ўз лавозимида қолиши 100 фоизга ҳал бўлди.

Jahon chempionatidan qaytgan 25 yoshli futbolchi o‘z joniga qasd qildi

Бу ҳақда Sunday World нашри хабар берди.

Fermer ulkan sarimsoq yetishtirib, rekord o‘rnatdi (foto)

Бу ҳақда Washington Post нашри хабар бермоқда.

Xolandning otasi Angliyaga murojaat qildi

Норвегия терма жамоаси ҳужумчиси Эрлинг Холанднинг отаси Альфи Холанд жамоанинг Англияга қарши мағлубияти ҳақида ўз фикрини билдирди.

Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasini tark etishi mumkin

Жаҳон чемпиони ва "Олтин тўп" соҳиби Фабио Каннаваро яқин орада Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи лавозимидан кетиши кутилмоқда.

O‘zbekistonga kuchli issiq havo oqimlari kirib keladi

Ҳаво ҳарорати энг иссиқ кунларда республиканинг катта қисмида 41-43 даражагача, шимолда, жанубда ва чўл ҳудудларда 44-46 даражагача кўтарилади.

Hindistonda bir kunlik milliy motam e’lon qilindi

Бу ҳақда Ҳиндистон Ташқи ишлар вазирлиги маълум қилди.

Olimpiada chempioni mast holatda qo‘lga olindi

Рио Олимпиадаси чемпиони, қозоғистонлик Данияр Елеусинов Астанада қўлга олинди.

Messining Jahon chempionatidagi rekord seriyasi to‘xtadi

Аргентина терма жамоаси ҳужумчиси ва сардори Лионель Месси 2026 йилги жаҳон чемпионати 1/4 финали доирасида Швейцарияга қарши ўтказилган учрашувда (3:1) гол ура олмади ва ўз тарихий сериясини якунлади.

Kabo-Verde himoyachisi terma jamoaga ish qidirish ilovasi orqali qo‘shilganini bilasizmi?

Асли рландиялик бўлган футболчи (отаси Кабо-Вердеда туғилган) португал тилида хабар олган ва дастлаб спам деб ўйлаб, уни эътиборсиз қолдирган.

London osmonidan ulkan ajdaho uchib o‘tdi

“Аждаҳо уйи” сериалининг янги фасли рекламаси учун тайёрланган ушбу учувчи модель кўпикли пластмасса, углерод толаси ҳамда алюминийдан ясалган бўлиб, унинг вазни 13 кгни ташкил этган.

O‘zbekiston bilan o‘yin oldidan Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa bayonot berdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду ўзининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифасида янги пост жойлаштирди.

Prezident milliy jamoaning futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini tekshirishni talab qildi

Мен бу кутилмаган натижадан шунчаки ҳайратда эмас, балки бутунлай лол қолдим.

Qirg‘iziston–O‘zbekiston chegarasida 27 nafar chegara xodimi qo‘lga olindi

Амалиёт вақтида огоҳлантирувчи ўқ узилгани ҳолати ҳам текширилмоқда.

Alisher Qodirov futbolchilarga: "Kongo bilan o‘zingiz uchun o‘ynang, futbolchi nonini yeyapsiz, g‘ururingizga o‘t tushdi"

Депутат Алишер Қодиров Португалияга қарши ўйинда йирик ҳисобда мағлубиятга учраган Ўзбекистон миллий терма жамоаси футболчиларини танқид қилди.

Rossiya armiyasi Ukraina portlari va shaharlariga zarba berdi

Тонгги ҳужум натижасида 3 киши ҳалок бўлди, яна 3 киши яраланиб, шифохонага ётқизилди.

Maradonaning Messidan ustun jihati aytildi

«Фиорентина» ва Аргентина терма жамоасининг собиқ ҳужумчиси Габриэль Батистута Лионель Месси ҳамда Диего Марадонани таққослади.

Ukraina hukumati iste’foga chiqdi

Шу вақтга қадар Вазирлар Маҳкамаси раҳбари вазифасини Денис Шмыгаль вақтинча бажаради.

Argentina terma jamoasini JCH-2026 dan chetlatish bo‘yicha petisiya 10 million imzo to‘pladi

Футбол мухлислари Аргентина терма жамоасини Жаҳон чемпионатидан четлатиш талаби билан петиция ташкил этди.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati finali chiptalari narxi ma’lum bo‘ldi

FIFAнинг расмий чипталарни қайта сотиш платформасида финал учрашуви учун чипталар нархи 7 440 АҚШ долларидан бошланган. Энг қиммат таклиф эса 11 499 998 АҚШ долларига етган.

So‘nggi bir kun ichida Isroilning G‘azoga bergan zarbalari oqibatida 13 nafar falastinlik halok bo‘ldi

Сўнгги бир кун ичида Исроилнинг Ғазо секторига уюштирган ҳужумлари оқибатида камида 13 нафар фаластинлик ҳалок бўлди, 18 киши жароҳатланди, деб хабар бермоқда “Дунё” АА мухбири “Anadolu” агентлигига таяниб.

Pezeshkian Trampga: «Eronni yo‘q qilmoqchi bo‘lganlar hozir qayerda?»

Эрон президенти Масъуд Пезешкиан АҚШ президенти Дональд Трампнинг баёнотларига жавоб қайтариб, Теҳрон таҳдидларга қуруқ сўзлар билан эмас, амалий ҳаракатлар билан муносабат билдиришини таъкидлади.

Kanadada yuk poyezdi o‘rmon yong‘ini qurshovida qolib ketdi

Аланга ичида қолган поезд Армстронг шаҳри ва яқин атрофдаги аҳоли пунктлари аҳолисини эвакуация қилиш учун фойдаланилган.

Erdog‘an: "15 iyul qahramonona qarshiligi jahon demokratiyasi tarixida benazir hodisadir”

Туркия сиёсий тарихидаги энг шафқатсиз давлат тўнтаришига уринишлардан бири бундан роппа-роса 10 йил аввал, 2016 йил 15 июль куни содир бўлган эди. Мамлакатимизнинг давлат муассасаларига яширинча жойлашиб олган террористик оқим томонидан амалга оширилган ушбу давлат тўнтаришига уринишнинг мақсади Туркияни узоқ йиллар давом этадиган тартибсизлик ва беқарорлик муҳитига судраб, халқимизнинг келажагини ўз назорати остига олиш эди.

Chimyon tog‘ida adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi

Ортга қайтаётганда йўлни қисқартириш мақсадида асосий маршрутдан четга чиққани сабабли адашиб қолган ва қутқарувчилар ёрдамига муҳтож бўлган.

O‘zbekistonlik talabalar “Ozarbayjon madaniyatining yozgi maktabi” loyihasi doirasida Ozarbayjonga tashrif buyurdilar

Озарбайжон Республикаси Маданият вазирлиги ҳамда Озарбайжон Республикасининг Ўзбекистон Республикасидаги Элчихонаси ҳузуридаги Ҳайдар Алиев номидаги Озарбайжон Маданият маркази ташаббуси билан амалга оширилаётган “Озарбайжон маданиятининг ёзги мактаби” лойиҳаси доирасида Ўзбекистон Республикасидан бир гуруҳ талабалар Озарбайжонда сафарда бўлиб турибди.

JSST: Kongoda Ebola bilan kasallanganlarning haqiqiy soni rasmiy ma’lumotlardan 4 barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) маълумотларига кўра, Конго Демократик Республикасида Эбола билан касалланганларнинг ҳақиқий сони расмий кўрсаткичлардан (тахминан 2 мингта касалланиш ва 700 дан ортиқ ўлим ҳолати) 4 баробар кўп бўлиши мумкин.

Evropada jazirama qurbonlari soni 10 mingdan oshdi

Маълум қилинишича, ўлим ҳолатларининг аксарияти 65 ёш ва ундан катта аҳоли вакиллари орасида қайд этилган.

G‘azoda so‘nggi bir kunda 8 kishi halok bo‘ldi

Ғазо секторида сўнгги 24 соат ичида Исроил ҳарбийларининг ҳужумлари оқибатида 8 нафар фаластинлик ҳалок бўлди, яна 32 киши жароҳат олди.

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti yana 2 yilga qamaldi

Жанубий Кореянинг собиқ президенти Юн Сок Ёл сайловолди кампаниясини молиялаштириш тўғрисидаги қонунни бузганлик бўйича ишда икки йилга озодликдан маҳрум этилди.

Xitoyda COVID-19 bilan kasallanish keskin oshdi

Хитойда COVID-19 билан касалланиш ҳолатлари яна кўпаймоқда. Хитой Касалликларни назорат қилиш ва олдини олиш маркази маълумотларига кўра, июнь ойида мамлакатда 79 мингта тасдиқланган инфекция ҳолати қайд этилган.

EI Xitoyga qaramlikni kamaytirish uchun yangi moliyaviy mexanizm ustida ishlamoqda – Bloomberg

Агентликнинг ёзишича, Европа Иттифоқи Хитойга бўлган иқтисодий қарамликни камайтириш ва муҳим таъминот занжирларини диверсификация қилиш мақсадида норасмий равишда "бирдамлик воситаси" деб номланган янги молиявий механизмни ишлаб чиқмоқда.

Janubiy Koreyada sobiq bosh murabbiyning yuzi xiralashtirib ko‘rsatilmoqda

Маълум қилинишича, мамлакат президенти шахсан бош мураббийнинг истеъфосини талаб қилган.

JCH-2026. Angliya qo‘shimcha bo‘limlarda Norvegiyani mag‘lub etib, JCh yarim finaliga yo‘l oldi

Англия терма жамоаси ЖЧ-2026 чорак финалида Норвегияни қўшимча бўлимларда 2:1 ҳисобида таслим этди.

Fransiyada qasddan yong‘in chiqarishda gumonlanib 32 kishi qo‘lga olindi

Франциянинг 22 та департаментида қасддан ёнғин чиқаришда гумон қилинган 32 нафар шахс ҳибсга олинган.

Germaniyada jazirama tufayli 5000 dan ortiq odam vafot etdi

Июнь ойида Германияда иссиқлик тўлқинлари туфайли тахминан 5,1 минг киши вафот этди. Роберт Кох институти олимлари бундай об-ҳаво шароитлари баъзи одамлар учун хавф туғдиришда давом этишини башорат қилмоқда.

G‘azodagi qurbonlar soni 73 mingdan oshdi

Вазирлик маълумотига кўра, шу давр мобайнида 173 минг 643 нафар киши турли даражада жароҳат олган.

Eron oliy rahbari AQSh va Isroildan qasos olishga va’da berdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) матбуот хизмати тарқатган маълумотга кўра, Мўжтаба Хоманаий АҚШ ва Исроилдан Али Хоманаий ҳамда бошқа эронликларнинг ўлими учун қасос олишга ваъда берди.

Tramp o‘ziga qarshi suiqasd masalasiga oydinlik kiritdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳукумати унга қарши суиқасд амалга оширгудек бўлса, Теҳронни қандай жазо кутаётганини очиқлади.

Ikkinchi Jahon urushi davridagi ulkan bomba Germaniya shahrida shov-shuvga sabab bo‘ldi (foto)

Бу ҳақда шаҳар маъмурияти хабар бермоқда.