Mashina haydovchisining "sayohat"i uzoqqa cho‘zilmadi

Mashina haydovchisining "sayohat"i uzoqqa cho‘zilmadi

2019 yil 7 yanvar kuni fuqaro SH.M. Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Xuroson ko‘chasida joylashgan Mini market savdo do‘koni oldida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi M.U. tomonidan qarovsiz qoldirilgan Lasetti rusumli avtomashinani haydab qochib, avtomashinani Xuroson ko‘chasidagi yo‘l-harakati belgisiga urib, o‘zi voqea joyidan qochib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida SH.M. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!