​Marhum Furqat Yusupovga "O‘zbekiston belgisi" berildi

​Marhum Furqat Yusupovga "O‘zbekiston belgisi" berildi

Kecha Yoshlar ijod saroyida "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qarosi bilan "KRuz.uz" sayti asoschisi, marhum jurnalist, bloger Furqat Yusupovga ham "O‘zbekiston belgisi ko‘krak nishoni berildi. Unga atab alohida rolik namoyish etildi.

Uning mukofotini onasi Sayyora opa ko‘zida yosh bilan qabul qilib oldi.

Bu holat zaldagilarga ham qattiq ta’sir qilmasdan qolmadi...

Qoraqalpog‘istonlik yosh jurnalist va bloger Furqat Yusupov 2018 yil 7 iyul kuni Nukus tumanidagi anhorda cho‘kayotgan ikki qizni qutqarish chog‘ida vafot etgandi.

Yoshlar ittifoqi rahbariyati marhumning oila a’zolari holidan muntazam xabar olib turibdi.

Hozirda Furqatning 3 ta kitobi nashrga tayyorlanmoqda (hayotligida uchta kitobga yarasha ijod qilib qo‘ygan ekan).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!