Marg‘ilonda o‘qituvchi o‘quvchining boshini telefon bilan urib yordi

Marg‘ilonda o‘qituvchi o‘quvchining boshini telefon bilan urib yordi

Aniqlanishicha, joriy yilning 5 mart kuni Marg‘ilon shahar 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi, 2000 yilda tug‘ilgan M.E. o‘quv jarayonining 6-soat darsini 5-D sinfiga o‘tayotganda shu sinfning o‘quvchisi 23.08.2012 yilda tug‘ilgan U.J. xojatxonaga chiqib kelishni so‘ragan, o‘qituvchi javob bermagan. Bola zarurat yuzasidan sinfdan chiqqan va birozda qaytgach, o‘qituvchi uning ruxsatsiz harakatidan va gaplashib o‘tirishidan jahli chiqib o‘z qo‘l telefonini o‘quvchiga qarata otgan. Telefon U.J. ga tegib, oqibatda uning bosh qismi yorilgan.

U.J. ga maktab hamshirasi tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib, boshi bog‘langan. Uyga shu holatda borgan vaqtida bolaning onasi U.G. jarohatdan xabar topib, uni shifoxonaga olib borgan va bolaga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan.

Hozirda o‘qituvchining harakati yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!