Maradonaning hayot qoidalari — Koptokni yorishdan qo‘rqmang!

Maradonaning hayot qoidalari — Koptokni yorishdan qo‘rqmang!

Quyida argentinalik afsonaviy futbolchining eng mashhur so‘zlaridan ayrimlarini keltirib o‘tamiz. Shularning o‘ziyoq marhum yulduz nafaqat stadionda, balki uning tashqarisida ham qaysar, ammo buyuk inson bo‘lganini tasdiqlaydi.

👉 Mening ismim — ko‘pchilik o‘ylaganchalik og‘ir yuk emas.

👉 Onam meni eng zo‘ri deb o‘ylaydi. Men esa onamga qarshi chiqa olmayman.

👉 Hayotimdagi eng muhim voqea — qizlarimni katta bo‘lishini ko‘ra olmaganman. Bunga narkotiklar sabab. Shuning uchun o‘zimni hech qachon kechira olmayman.

👉 Mening qonuniy tug‘ilgan farzandlarim — Dalma va Janina. Qolganlari esa mening pullarim va xatolarim mahsulidir.

👉 Qizlarim uchun qahramonman, menga shuning o‘zi yetarli.

👉 Agar qizlarimning erlari ularni bir marta bo‘lsa ham yig‘latsa, ularning har biri bilan baxtsiz hodisa ro‘y berishi aniq.

👉 Agar ish oila sha’nini himoya qilishgacha yetib borsa, men ben Laden kabi dunyodagi eng yomon insonga aylanaman.

👉 Odamlar qachon Maradona quvonch ishlab chiqaradigan mashina emasligini tushunib yetishar ekan-a.

👉 Men xotinimga hech qachon xiyonat qilmaganman. Ammo bunday holat ro‘y berganda, buni hech qachon tan olmagan bo‘lardim.

👉 Qo‘pol hazil — mana men nimaga harakat qilaman.

👉 Men yoki Pele yaxshimi, deya bahslashish mantiqsizlikdir. Baribir istalgan odam meni yaxshi deb aytadi.

👉 O‘zim davolangan ruhiy kasalliklar shifoxonasida biri o‘zini Napoleon deb, boshqasi San-Martin (Argentinaning Ispaniyadan ozod qilish yo‘lida kurash olib borgan qahramon) deb hisoblardi. Lekin hech kim men Maradona ekanligimga ishonmasdi.

👉 Futbol lazzatlanish va shod-xurramlik o‘yini. O‘yinchilar bu yerda stressni his etmasliklari kerak. Tushkunlik — bu butun umrini ish stoli ustida o‘tkazadiganlar uchun.

👉 Xudo menga yaxshi o‘yin berdi. Mana nima uchun doim maydonga kirib kelayotganimda duo qilaman. Agar buni qilmasam, unga xiyonat qilgan bo‘laman.

👉 Qachonlardir Fiorto(Buenos-Ayres yaqinidagi shaharcha)dagi uyimning tomida teshiklar shunchalik ko‘p bo‘lardiki, yomg‘ir tashqaridan ko‘ra ichkarida kuchliroq yog‘ardi.

👉 Men o‘zimda bo‘lgan barcha narsadan voz kechdim. Endi esa shunchaki oilaviy hayotdan rohatlanmoqchiman.

👉 Robbim o‘ziga yordam berganni qo‘llaydi.

👉 Men tez-tez o‘zimni xuddi «Kakku uyasidan qochish» filmidagi Jek Nikolsondek his qilaman.

👉 Odamlar Bekxemga o‘xshagan yuzlab bolalar uchinchi dunyoning chang ko‘chalaridagi maydonlarda koptok tepib yurganlarini hatto bilishmaydi ham.

👉 Men tag-tomirim bilan argentinalikman. O‘z vatanimda hayot bilan vidolashishni xohlayman.

👉 Men siyosatchilardan shubhasiz ustunman: ular omma odamlari, men esa mashhurman.

👉 O‘g‘ridan o‘g‘rilagan har qanday odam afv etilishga loyiqdir.

👉 Koptokni yorishdan qo‘rqmang.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!