«Manchester Yunayted» Krishtianu Ronalduni qo‘yib yuborishi mumkin

«Manchester Yunayted» Krishtianu Ronalduni qo‘yib yuborishi mumkin

«Manchester Yunayted» yozda Krishtianu Ronalduni qo‘yib yuborishi mumkin.

BBC xabariga ko‘ra, klub portugaliyalik hujumchining yomon kayfiyati boshqa futbolchilarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani uchun uni sotib yuborishi mumkin. Qayd etilishicha, Ronaldu jamoadoshlari bilan deyarli muloqot qilmayapti va ketish istagini yashirmayapti.

«Manchester Yunayted» 37 yoshli futbolchi ketmasa, jamoaning hozirgi muammolari hal bo‘lmasligidan cho‘chimoqda. Shuningdek, klubdagilar Ronalduning ketishi jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga va natijalarning sezilarli yaxshilanishiga umid bildirmoqda.

Avvalroq «Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeonening Ronaldu transferiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu APLning joriy mavsumida 2 ta o‘yin o‘tkazib, birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!