Malayziya samolyotini urib tushirgan raketa Ukrainaga tegishli ekan

Malayziya samolyotini urib tushirgan raketa Ukrainaga tegishli ekan

Rossiya Mudofaa vazirligi bir necha daqiqa oldin Moskvada yakunlangan brifingda 2014 yilda Ukrainaning Donbass o‘lkasi osmonida urib tushirilgan Malayziyaning Boing samolyoti haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etdi.

“Malayziya havo yo‘llarining MN-217sonli reysini urib tushirishda foydalanilgan raketa Ukraina harbiy kuchlariga tegishli va Rossiyaga qaytarilmagan”, - deyishdi Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning 17 iyul kuni Malaysia Airlines kompaniyasining Amsterdamdan Kuala-Lumpurga yo‘l olgan havo kemasi Donbass osmonida urib tushirilgan edi. O‘shanda fojeada samolyot borida bo‘lgan 283 nafar yo‘lovchilarning barchasi hamda 15 nafar ekipaj a’zolari qurbon bo‘lgan edi.

Keyinchalik o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida ushbu yo‘lovchi samolyoti yer-osmon turkumiga kiruvchi “Buk” raketasi yordamida urib tushirilgani aniqlangan. Ushbu raketalar ishlab chiqaruvchischi bo‘lgan Rossiyaning “Almaz-Antey” konserni o‘z tekshiruvini o‘tkazgan. 

Unga ko‘ra fojea joyida topilgan raketa dvigateli va soplosining zavod raqamlariga asosan samolyotni urib tushirishda foydalanilgan raketa nomeri aniqlangan. U 1986 yilda ishlab chiqarilgan va Ukraina harbiy qismlariga jo‘natib yuborilgan raketa ekanligi aniqlangan. Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra shundan so‘ng raketa Rossiyaga qaytarilmagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!