Maktab o‘quvchilari darsga telefon olib borishi mumkin, faqat...

Maktab o‘quvchilari darsga telefon olib borishi mumkin, faqat...

— Farzandim bu yil maktabga chiqdi, uni maktabga mobil telefon bilan yuborsam bo‘ladimi?

— Yuborishingiz mumkin. Faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq ta’lim muassasasiga kirib kelishda har bir o‘quvchi o‘z telefoni chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi shart. 

Bunda o‘quvchilarga maktabda telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida saqlash, telefon yordamida atrofdagilarga  zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va  suratlarni namoyish qilish, ta’lim muassasasida surat va videolar olib, keyinchalik tarqatish taqiqlanadi.

Shuningdek dars vaqtida:
* telefon orqali so‘zlashish hamda SMS va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
* telefonni stol ustiga qo‘yish;
* musiqa tinglash;
* surat va video tasvirlarni  ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvirlar ko‘rish, diktofon,

* kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha va boshqa xizmatlaridan foydalanish mumkin emas.

O‘quvchilarga tanaffuslarda faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!