Makgregor tilga kirdi va g‘alati mag‘lubiyati sababini aytdi

Makgregor tilga kirdi va g‘alati mag‘lubiyati sababini aytdi

Maks Xollouey bilan jangning dastlabki soniyalarida sakrab oyoq bilan zarba berishga urinib, tizzasidan jarohat olgan Konor Makgregor ilk bor mag‘lubiyatiga izoh berdi.

Irlandiyalik sobiq ikki vazn chempioni o‘zini qanday his qilayotgani hamda ruhiy holati haqida gapirdi.

"Menda xuddi silindrlar bloki kallagining qistirmasi teshilgandek bo‘ldi. Hammasi yo‘q qilindi. Jang oldidan menda hech qanday jarohat yo‘q edi. Butun lager davomida, shuningdek, oktagonga chiqishda xotirjamlik bilan, oyog‘imda sakrab chiqardim. Bu hech kutilmaganda sodir bo‘ldi. Hozir men juda qorong‘i holatdaman – qop-qorong‘i. Buni ta’riflashim mumkin bo‘lgan yagona narsa - bu haqiqiy do‘zax!", - deb yozdi Konor Las-Vegasdagi UFC 329 turniridan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Konor Makgregor oyog‘ida muvaffaqiyatsiz tushganidan so‘ng, muvozanatni saqlay olmadi va natijada hakam Mark Beltran jangni 69-soniyadayoq to‘xtatdi hamda Maks Xolloueyning texnik nokautli g‘alabasini e’lon qildi.

Qizig‘i, besh yil oldin o‘tkazilgan Dastin Poryega qarshi so‘nggi jangida ham Konor aynan birinchi raundda oyog‘ini og‘ir sindirib olishi ortidan mag‘lubiyatga uchragan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳола