Maduroning hukmronligi tugadi, u endi prezident emas — Donald Tramp
AQSh prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ AQSh Venesuelada xavfsiz, to‘g‘ri, oqilona va qonuniy hokimiyat almashuvini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lguniga qadar ushbu mamlakatni boshqarishni rejalashtirmoqda;
◾️ Venesueladagi barcha siyosiy arboblar shuni tushunishi kerakki, Maduroning boshiga tushgan holat istalgan kishining boshiga tushishi mumkin;
◾️ O‘nlab yillar davomida Qo‘shma Shtatlarning boshqa ma’muriyatlari Venesuela kabi mintaqaviy tahdidlarni e’tiborsiz qoldirdi, ba’zan esa hatto uning kuchayishiga yordam berdi;
◾️ Biz Maduroni qorong‘ulikda qo‘lga oldik, Karakasda elektr chiroqlari o‘chirilgan edi. AQSh Maduroni Amerika sudiga topshiradi. Maduro va uning rafiqasi AQSh adliya tizimining kuchini his qiladi;
◾️ Diktator Maduro giyohvand moddalar kontrabandasi uchun javobgar hisoblanadi. U minglab amerikaliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan narkotrafikni shaxsan boshqargan;
◾️ Maduro rejimi Venesueladagi qamoqxonalardan eng beshafqat “mahluqlarni” chiqarib, amerikaliklarning osuda hayotini tortib olish uchun AQShga yuborgan;
◾️ Venesueladagi butun neft sanoatini amerikaliklar barpo etgan, biroq u yerdagi sosialistlar bizdan hammasini tortib olishdi. Venesuela, shuningdek, AQShning milliardlab dollarlik aktivlari, platformalari va mablag‘larini tortib olgan;
◾️ Narkokartellar nihoyatda beshafqat edi, ammo endi bunday bo‘lmaydi. Qurolli kuchlarimizning bajarayotgan a’lo darajadagi ishini alohida qayd etish lozim;
◾️ Maduro rejimi boshqa davlatlarning harbiy maslahatchilaridan foydalangan va kecha bizga qarshi xorijiy davlatlar qurollarini ishlatdi;
◾️ Biz dunyodagi eng yirik neft kompaniyalarimizni Venesuelaning jiddiy zarar ko‘rgan neft infratuzilmasini ta’mirlashga milliardlab dollar sarflash va Qo‘shma Shtatlarga foyda keltirishni boshlashga majbur qilamiz;
◾️ Biz Venesuela xalqini boy va ozod qilamiz. Biz ularni baxtli qilamiz;
◾️ Venesuela ulkan imkoniyatlariga qaramay, deyarli neft qazib chiqarmagan;
◾️ Agar zarurat bo‘lsa, Venesuelada ikkinchi hujum to‘lqinini ham amalga oshiramiz. U yanada kattaroq bo‘ladi;
◾️ Bizda dunyodagi eng yaxshi qurollar bor. AQSh dengiz orqali olib o‘tilgan narkotrafikning 97 foizini yo‘q qildi;
◾️ Maduro Cartel de los Soles narkokartelini boshqargan.
