Kurskda Ukrainaning ikkita uchuvchisiz samolyoti urib tushirildi - gubernator

Kurskda Ukrainaning ikkita uchuvchisiz samolyoti urib tushirildi - gubernator

Yakshanbaga o‘tar kechasi Ukrainaning ikkita “Strij” uchuvchisiz samolyoti Kursk shahriga yaqinlashayotganda havo mudofaasi orqali urib tushirildi, dedi Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoit.

Shaharda qurbonlar yo‘q, dedi u.

"Afsuski, Belgorodda vaziyat boshqacha. Dushman hujumi natijasida aholi orasida qurbonlar va yaradorlar bor, tinch aholining uylari vayron bo‘lgan", - deya qo‘shimcha qildi u.

Ukraina hozircha bu bayonotga izoh bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!