Ko‘ksaroyda Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boshlandi

Ko‘ksaroyda Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boshlandi

Ayni daqiqalarda Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhammedov shohsupaga ko‘tarildi, ikki davlat madhiyasi yangradi. Prezidentlar O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan faxriy qorovul oldidan ehtirom ko‘rsatib o‘tdilar. Ikki mamlakat rahbarlari hukumat a’zolarini o‘zaro tanishtirmoqda.

Shu yil hisobidan O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari 4 marta uchrashib, muzokara olib borgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!