Kuchli qulash: Bayden mashxhurlik reytingida keskin tushib ketdi

Kuchli qulash: Bayden mashxhurlik reytingida keskin tushib ketdi

AQSh fuqarolarining prezident Jo Baydenni davlat rahbari sifatidagi birinchi to‘qqiz oylik faoliyatiga bergan bahosiga ko‘ra, Bayden mashhurlar reytingidan anchagina pasaygan. Bu haqda Gallup jamoatchilik fikri instituti tadqiqotiga tayanib RBK xabar bermoqda.

Hisob -kitoblarga ko‘ra, Baydenning reytingi 11,3 foizga pasaygan. Prezidentlik muddatining boshida amerikaliklarning 56 foizi unga ishongan bo‘lsa, hozir esa ularning 44,7 foizi Baydenga ishonch bildiradi.

Ma’lumotga ko‘ra, Baydendan avvalgi prezident — Donald Tramp uchun kamayish ko‘rsatkichi o‘sha davrda 4,4 ni tashkil etgan edi.

Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, AQSh prezidentlarining hammasi ham to‘qqiz oy ichida reytingini pasaytirmagan. Masalan, Jon Kennedi 2,5 foizga o‘sgan.

Qayd etilishicha, reyting o‘sishi bo‘yicha yetakchi — Jorj Bush bo‘lib, uning ko‘rsatkichi 13,1 foizga oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!