Koronavirusdan himoya qilishning mashhur usuli foydasiz deb topildi

Koronavirusdan himoya qilishning mashhur usuli foydasiz deb topildi

Yaponiyaning  Fukuoka universiteti olimlari, tez-tez ishlatiladigan yuz niqoblari (qalqonlari) koronavirusni havoga tarqashidan himoya qilmasligini aniqladi. Ularning tadqiqot natijalari “Physics of Fluids” jurnalida chop etilgan.

Mutaxassislar kasallikni yuqtirgan odam yonida niqobsiz aksirgandagi havo oqimlarining harakatini tahlil qilishdi.

Odamning atrofida aksirishi yoki yo‘talishi bilan vorteks halqalar paydo bo‘ladi, ular asta-sekin beqarorlikda uch o‘lchovda deformasiyalanadi. Shu bilan birga, yuzni himoyalashga mo‘ljallangan niqobning yuqori va pastki qirralaridan oqib tushadi.

Agar nafas olayotgan odam yuzni himoyalashga mo‘ljallangan niqob taqib olgan bo‘lsa-da, virusni yuqtirib olgan bemorning aksirish paytiga to‘g‘ri kelib qolsa, u xolda, nafas olayotgan odam muqarrar ravishda virusli zarralarni nafas orqali yutadi, deb ta’kidlashmoqda tadqiqotchilar.

Hozirda olimlar shaxsiy himoya vositalarini takomillashtirish bilan shug‘ullanmoqda, havo oqimlaridan zarralarni yuzni himoyalashga mo‘ljallangan niqob ekraniga tushish xavfini kamaytirishga harakat qilishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!