Koronavirus: Xitoy iqtisodiyoti qanchaga pasaydi?

Koronavirus: Xitoy iqtisodiyoti qanchaga pasaydi?

Xitoy yalpi ichki mahsuloti hajmi 2020 yilning birinchi choragida 6,8 foizga kamayib, 20,65 trln yuan (2,92 trln AQSh dollari)ni tashkil qildi, deya xabar bermoqda Xitoy Davlat statistika boshqarmasi.

Juma kuni e’lon qilingan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tufayli Xitoy iqtisodiyotida joriy yilning birinchi choragida pasayishi kuzatilmoqda. Sanoat sektorida, chakana va asosiy investisiyalarda pasayish kuzatildi. Joriy yilning dastlabki ikki oyida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 13,5%ga, chakana savdo 20,5%ga, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar 16,1%ga kamaydi.

2020 yilning birinchi choragida Xitoyning tashqi savdo aylanmasi 6,4%ga kamaygan. Ishsizlik darajasi 5,9%ni tashkil etdi.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!