Koronavirus: Hindistonda virus yuqtirganlar soni 200 mingdan oshdi

Koronavirus: Hindistonda virus yuqtirganlar soni 200 mingdan oshdi

Hindistonda 3 iyun kungi holatga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 200 mingdan oshdi. Aholi soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi bu mamlakatda koronavirusning avj nuqtasi hali yetib kelmagani aytilmoqda.

Bu bilan kasallanganlarning umumiy soni 207 615 kishiga yetdi.

“Biz virus tarqalishinig avj pallasiga yetib borishimizga hali ancha bor”, deydi shifokor Nivedita Gupta. Bundan avval hukumat vakillari yangi kasallanish holatlarining kamayishi iyunning oxirida yoki iyulda boshlanishi mumkinligini aytishgandi.

Hozirda Hindistonda virusning o‘lim darajasi boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past bo‘lib turibdi. Mamlakatda shu paytgacha 5815 kishi koronavirusdan vafot etgan. Ammo, karantin cheklovlari tugatilganidan keyin yangi kasallanganlar soni tezlik bilan oshib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!