Koronavirus: AQShdagi G7 sammiti iyun oyi oxiriga ko‘chiriladi

Koronavirus: AQShdagi G7 sammiti iyun oyi oxiriga ko‘chiriladi

AQSh Vashingtonda bo‘lib o‘tishi rejashtirilayotgan «Katta yettilik» (G7) sammitini 10 iyundan oy oxiriga surishga qaror qildi. Bu haqda prezidentning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayen ma’lum qilgan.

«G7 sammiti shaxsiy uchrashuv formatida o‘tsa, ya’ni davlat rahbarlari bevosita ishtirok etsa, albatta, bo‘lib o‘tadi va bu iyun oyida sodir bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. Menimcha, AQSh kasallik cho‘qqisiga yaqin turibdi, bunday bo‘lmagan taqdirda xalqaro anjuman Vashingtonda o‘tadi», — degan O’Brayen CBS telekanaliga bergan intervyusida.

Shuningdek, u sammitning 10 iyunda o‘tishi rejalashtirilgani, biroq keyinchalik muddat o‘zgarganini eslatgan.

O’Brayenning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvning videokonferensaloqa tarzida emas, balki bevosita uchrashib o‘tkazilishidan barcha G7’ning davlat rahbarlari manfaatdor.

«Biz barcha koronavirusga test topshirishi, vaziyatning xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilamiz va davlat rahbarlarining Vashingtonga kelib ketishi uchun munosib sharoitlar yaratamiz. Anjumanni iyun oyi oxirida o‘tkazish rejalashtirilgan, bunda yetakchilarning logistikasi, xavfsizlikni ta’minlash shartlari hamda tadbirni rejalashtirish masalalari o‘rganib chiqiladi», — deya qo‘shimcha qilgan O’Bryayen.

Avval AQSh prezidenti Donald Tramp «Katta yettilik» sammitini Vashington yaqinidagi Kemp-Devid rezidensiyasida o‘tkazmoqchi ekani va bu joyni koronavirus pandemiyasidan keyingi tiklanish ramzi, deya hisoblashi haqida gapirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!