Koronavirus: AQSh fojiaviy rekordni yangiladi

Koronavirus: AQSh fojiaviy rekordni yangiladi

AQShda so‘nggi kecha-kunduzda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni 1169 nafarni tashkil etdi. Bu haqda “zarnews.uz” nashri xabar bermoqda.

Mazkur ko‘rsatkich bir-kecha kunduzda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha qayd etilgan rekordni yangiladi. Bundan oldin eng yuqori ko‘rsatkich Italiyaga tegishli edi. U yerda 27 mart kuni 969 nafar bemor vafot etgan.

Jons Xopkins universiteti taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, AQShda koronavirus infeksiyasidan 3 aprel holatiga, jami 5926 nafar bemor vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!