Koronavirus: Amerikaning 200 dan ortiq neft kompaniyalari kasodga uchramoqda

Koronavirus: Amerikaning 200 dan ortiq neft kompaniyalari kasodga uchramoqda

Joriy yil boshidan beri AQShning 200 dan ziyod kompaniyasi bankrotlik e’lon qilgan, bunga esa dunyo bozorida neft narxining tushishi sabab bo‘lgan. Hozirgi narxlar saqlanib qoladigan bo‘lsa, Amerika neft sanoati milliardlab dollar zarar ko‘rishi mumkin. 

Koronavirus pandemiyasi tufayli neftga talab kamaydi, ustiga-ustak, joriy yilda koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy o‘sish susayishi ham kutilmoqda. 

Xyuston universiteti o‘qituvchisi Ed Xirsning «Anadolu» agentligiga bergan intervyusida ta’kidlashicha, banklar va investorlar neft sektoridagi kompaniyalarga kredit ajratishni rad etmoqda, oqibatda bu kompaniyalarning ko‘pi kasodga uchrayapti. 

«Amerikadagi kompaniyalarning anchaginasi pandemiyadan oldinoq neft qazib olishni kamaytirgan edi», – deydi Xirs. Uning so‘zlariga ko‘ra, neft sektorida qariyb 70 ming kishi ishidan ayrilgan. 

AQSh neft kompaniyalarining umumiy qarzi 130 milliard dollarga yetdi, deyiladi xabarda.

Eng ko‘p bankrotlik Texasda e’lon qilindi - 98 ta kompaniya. Yana 12 kompaniya Koloradoda, 11 tasi Luizianada, 10 ta Nyu-Yorkda va oltita Oklaxoma va Kaliforniyada joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!