Koreyaga 172 nafar yurtdoshimiz ishlash uchun jo‘nab ketdi

Koreyaga 172 nafar yurtdoshimiz ishlash uchun jo‘nab ketdi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va xorijiy davlatlar ish beruvchilari o‘rtasida pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash maqsadida olib borilgan muzokaralar natijasida turli davlatlarda ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, ularga yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Shuningdek, Agentlik tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu davlatda ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib, O‘zbekistonga kelgan 23 nafar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasi Kanvondo provinsiyasi, Yanggu okrugi administrasiyasi o‘rtasida tuzilgan kelishuvga asosan YE-8 vizasi bo‘yicha 5 oylik mavsumiy ishlarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 149 nafar fuqaro Toshkent xalqaro aeroportidan charter reys orqali Koreya Respublikasiga ketdi.

Fuqarolarga xorijda ishlash davrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtda huquqiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tarqatma materiallar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!