Koreyada vatandoshini o‘ldirgan o‘zbekistonlik ushlandi

Koreyada vatandoshini o‘ldirgan o‘zbekistonlik ushlandi

2019 yil 1 avgustga o‘tar kechasi Kyongbuk provinsiyasida (Koreya Respublikasi) yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi R.T. jarohat olib, vafot etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib O‘zbekiston fuqarosi S.S. qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

“Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligining vakillari bilan hamkorlikda marhumning jasadini vatanga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda”, - deyilgan xabarda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!