Konor MakGregor yana faoliyatini tugatganini e’lon qildi

Konor MakGregor yana faoliyatini tugatganini e’lon qildi

UFC super yulduzi Konor MakGregor jangchilik faoliyatini yakunlayotganini navbatdagi marotaba e’lon qilyapti.  U "Tvitter"da shunday murojaat qoldirdi: 

“Salom do‘stlar, men janglardan ketishga qaror qildim. Ajoyib xotiralar uchun barchaga rahmat! Qanday ajoyib sayohat bo‘ldi! Bu suratda Las Vegasda chempionlik janglarimdan biridagi g‘alabamdan keyin onam bilan birgaman. Orzuingdagi uyni tanla Mags, seni yaxshi ko‘raman. Nimani ko‘ngling istasa o‘sha senikidir ❤️”. 

"Shaxsiy fikrimni bildirib o‘tsam, bu navbatdagi piar yurish. U ketmaydi. Avvalgi safarlar ham ketaman deb ketmagan. Ketsa avval bergan va’dalari ustidan chiqmagan bo‘ladi. Shu sababli uning muxlislariga xotirjam bo‘lishni maslaxat bera olaman", deydi sport sharhlovchisi, jurnalist Davron Fayziyev o‘zining "Telegram"dagi kanalida.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!