Kitob tumanida koronavirusga chalingan erkak vafot etgani aytilmoqda

Kitob tumanida koronavirusga chalingan erkak vafot etgani aytilmoqda

2020 yilning 31 may kuni Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani koronavirusga chalinganlikda gumon qilinayotgan fuqaroning ko‘pchilik bilan muloqot qilgani tufayli karantinga olingani haqida xabar bergandik.

"Jahon.uz" internet nashri muxbirining aytishicha, Urgut tumani va Kitob tumanini bog‘lovchi "Taxtiqoracha" dovonidagi yo‘l berkitilgan, dovondan Kitob tumani kirish ogohlantirishsiz yopilgan hamda yuzlab odamlar sargardon qilinib "Umakay" postiga qaytarib yuborilgan.

Hattoki, tadbirkorlarning ham bu yo‘ldan yurishi sababsiz taqiqlangan. Zoir Mirzayev tomonidan 27 may kuni imzolangan buyruqqa ko‘ra (bu buyruq nashr ixtiyorida mavjud), dovon orqali harakat to‘xtatilgan (Zoir Mirzayevga taklifni Viloyat IIB rahbari bergan).

Bunga sabab qilib garchi oshkora aytilmayotgan bo‘lsa-da, Kitob tumanida allaqachon koronavirus tarqalgani sabab qilib ko‘rsatilayapti. Kitob tumani Beshterak qishlog‘idan bo‘lgan, Qozog‘istondan qaytib kelgan fuqaro tuman markaziy shifoxonasida vafot etgan (uyida vafot etgani ham aytilmoqda, quyida qo‘shimcha ma’lumot beramiz).

Tumanda yashovchi bir qizaloqning ham koronavirus infeksiyasini tish do‘xtiridan yuqtirgani aytilmoqda (bu borada faqat norasmiy xabarlar mavjud).

Ma’lumot uchun: Kitob tumani Beshterak MFY Beshterak qishlog‘ida yashagan, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro O.N. 2020 yilning 9 may kuni Qozog‘istondan O‘zbekistonga qaytib kelgan. Shu kuni Toshkent viloyatida joylashgan karantin hududida karantinga olingan. 10 may kuni esa Toshkent shahar Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi 2-terapeya bo‘limiga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan.

22 may kuni esa u koronavirusdan tekshiruvdan o‘tgan va tekshiruv manfiy chiqqanligi bois 27 may kuni uyiga javob berilgan.

Bemor sog‘ligi yomonlashganini aytib ikki kun Toshkentdagi bir qancha shifoxonaga murojaat qilgan, afsuski, uning dardini eshitadigan topilmagan. Qashqadaryo viloyati Kitob tumaniga uyiga qaytgan bemor 29 may kuni Kitob tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan va koronavirus uchun tekshiruv olingan. 29 may kuni soat 14.00da ushbu bemorning uyiga javob berilgan. 30 may kuni bemor vafot etgan.

2020 yilning 30 may kuni esa bemordan olingan tekshiruv musbat chiqqani aniqlangan.
 

Biz yuqoridagi ma’lumotlarga nisbatan SSV va boshqa mutasaddi tashkilotlardan javob kutib qolamiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!