Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya prezidentini “to‘ti”ga qiyosladi

Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya prezidentini “to‘ti”ga qiyosladi

Koreya mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi axborot departamenti direktori o‘rinbosari, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi Kim E Chjon, KXDRni raketa hujumlari uchun qoralagan va muloqotni davom ettirishga chaqirgan Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inni tanqid qildi.

Janubiy Koreya rahbari ballistik raketalarini sinovdan o‘tkazgan qo‘shnisining harakatini qoralab, ikki Koreya va AQSh "muloqotni davom ettirishga harakat qilishlari kerak", deya ta’kidlagan edi.

Shimoliy Koreya rahbarining kichik singlisi Janubiy Koreya siyosatchilarining bayonotlaridan hayratda ekanini, ularning bayonoti “takabburlikning cho‘qqisi" ekanini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya rahbari o‘z so‘zlariga qarshi bormoqda. Jumladan, o‘tgan yilning iyul oyida u Janubiy Koreyaning raketa sinovlarini "tinchlik va muloqot qurishga urinish" deb atagan edi.

Shu bilan birga, Kim E Chjon Janubiy Koreya prezidentini “Amerika to‘tisi”ga qiyosladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!