Kenzo brendi asoschisi 81 yoshida koronavirusdan vafot etdi

Kenzo brendi asoschisi 81 yoshida koronavirusdan vafot etdi

Modeler Kenzo Takada 81 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Yaponiyalik dizayner va moda uyi asoschisi Kenzo 4 oktyabr, yakshanba kuni Fransiyaning Neyi-syur-Sen kommunasidagi kasalxonada vafot etdi.

Takada 1939 yil 27 fevralda Yaponiyaning Hyogo prefekturasida tug‘ilgan. U Tokiodagi Bunka Gakuen moda maktabida tahsil olgan va 1965 yilda Fransiyaga ko‘chib o‘tgan.

Kenzo brendi 1970 yilda Takada tomonidan asos solingan. U Parijda Jungli Jap deb nomlangan birinchi butikini ochdi. U yerda dizayner o‘zining birinchi moda namoyishi o‘tkazgan. Keyingi yili u Nyu-York va Tokioda o‘z kolleksiyasini taqdim etdi.

1983 yildan beri Takada erkaklar modasi bilan shug‘ullanadi. Besh yil o‘tgach, Kenzo bolalar kiyimlari va uy-ro‘zg‘or buyumlarining birinchi qatorini, bir yildan so‘ng parfyumeriya mahsulotlarini ishlab chiqardi.

1993 yilda Kenzo o‘z brendini LVMH konserniga sotdi va olti yildan so‘ng u moda uyidan chiqib, mualliflik loyihalarini boshladi. 2004 yilda Takada Gokan Kobo brendini ishga tushirdi, dasturxon, aksessuarlar va uy jihozlarini yaratdi.

2016 yilda Takada Fransiya faxriy legioni kavaleri ordeni bilan taqdirlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!