Kechasi uyali telefonni qayerga qo‘yish kerak- ekspert javobi

Kechasi uyali telefonni qayerga qo‘yish kerak- ekspert javobi

Ko‘pchilik insonlar kechasi uxlashdan oldin uyali telefonni iloji boricha o‘ziga yaqinroq joyga qo‘yishga harakat qiladi. Bu qaysi hollarda xavfli bo‘lishi mumkin? "Jonli makon ekologiyasi" laboratoriyasi direktori Anton Yastrebsev Sputnik radioga o‘z fikrlarini aytdi.

Mobil qurilmalar endi paydo bo‘lganida, ba’zi shifokorlar ular nurlanishi saraton kasalligiga olib kelishi mumkin, deb xavfsirashgan. Bu xavotirlar tasdiqlanmadi.
Gadjetlarning zamonaviy modellari bunday ta’sirni keltirib chiqarmasligi kerak, deb taxmin qilinadi: ular odamlar uchun xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikasiyadan o‘tadi. Biroq, Yastrebsev fikriga ko‘ra, mobil telefonlarning inson ichki organlari va to‘qimalariga ta’siri darajasi hali to‘liq o‘rganilmagan.

Ekspertning ta’kidlashicha, odatda sertifikatlash jarayonida qurilmaning tanaga ta’siri yarim metr masofada baholanadi. U telefonni shunday yoki boshdan uzoqroq masofada saqlashni maslahat berdi.
"Umumiy qoida - gadjetni quchoqlab uxlamaslik: uni yostiq ostiga ham, karavotga ham qo‘ymaslik kerak. Uni boshga bir metr masofadan yaqin tutmagan ma’qul, kamida yarim metr", dedi ekspert.
Qishloq joylarida uyali telefon va uxlab yotgan odam orasidagi masofa kattaroq bo‘lishi kerak, chunki qurilmaning nurlanishi baza stansiyadan uzoqda bo‘ladi.
"Agar uyali aloqa markaziy stansiyasi uzoq bo‘lsa va aloqa zaif bo‘lsa, masalan, qishloqda u holda telefon stansiya bilan aloqa qilish uchun ko‘p energiya sarflaydi va nurlanish yuqori bo‘ladi. Buni inobatga olish kerak. Bunday holatlarda uni boshdan uzoqroq joyga qo‘yish kerak", - deydi mutaxassis.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!