Kamaz urib yuborgan ayol voqea joyida vafot etdi

Kamaz urib yuborgan ayol voqea joyida vafot etdi

Joriy yilning 16 may kuni soat 19:00 larda Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, Xo‘jaqishloq mahallasi hududidan o‘tgan 4R-101 avtomobil yo‘lining 24 km.da haydovchi 1989 y.t. A.I. (erkak) “KAMAZ” rusumli yuk transport vositasini boshqarayotib, ortga burib olish maqsadida orqaga harakatlanib, orqa tomonida yo‘lning o‘ng chetida turgan piyodani urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda 1955 y.t. B.Q. (ayol) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini, haydovchilar piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz", deyiladi  O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!