Jizzaxlik erkak o‘zidan 15 yosh katta kishini kaltakladi

Jizzaxlik erkak o‘zidan 15 yosh katta kishini kaltakladi

2019 yil 17 may kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumani Paxtakor QFYda yashovchi 35 yoshli U.M. shu QFYda o‘zaro janjal tufayli mast holda bo‘lgan 50 yoshli H.J.ning yuzi va tanasini turli joylariga qo‘li bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, H.J. kasalxonaga yotqizilib, U.M. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!