Jizzaxda ikki erkak tanishini o‘ldirib, yoqib yubordi

Jizzaxda ikki erkak tanishini o‘ldirib, yoqib yubordi

IIV xabariga ko‘ra, Jizzaxda 1965 yilda tug‘ilgan fuqaroni o‘ldirgan ikki shaxs qo‘lga olindi.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, 56 yoshli marhum ikki nafar tanishi bilan spirtli ichimlik iste’mol qilganida o‘zaro janjal kelib chiqadi. Tanishlari uni katta gapirgani uchun kimsasiz joyda do‘pposlab o‘ldiradi. Jinoyat izlarini yo‘qotish uchun jasadni yoqib yuboradi.

IIV xodimlari aybdorlarning shaxsini ular do‘konga kirgan vaqtida saqlanib qolgan kuzatuv kameralari qaydlarini ko‘rish orqali topgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!