Jizzaxda haydovchi YPX xodimiga pora taklif qildi

Jizzaxda haydovchi YPX xodimiga pora taklif qildi

Joriy yilning 21 iyun kuni Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimi S.Boboyev Jizzax shahar, O.Azimov ko‘chasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtda, soat 23:05 larda "G‘allaorol-Jizzax" yo‘nalishida harakatlanib kelgan "Kaptiva" rusumli avtomobilni to‘xtatgan. O‘zaro muloqot jarayonida haydovchi, 1966 yilda tug‘ilgan N.R.ni spirtli ichimlik iste’mol qilganlikda gumonlab tibbiy ko‘rikka taklif qilgan. Tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra haydovchining mastlik holatida ekanligi tasdiqlanib, unga nisbatan YPX xodimi tomonidan ma’muriy bayonnoma tuzilgan va avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.

Haydovchi N.R. avtomobilini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga YPX xodimiga 2.000.000 (ikki million) so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida taklif qilgan.

YPX xodimi viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, pora taklif qilayotgan haydovchiga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Xodimning bildirgisiga asosan 2021 yil 22 iyun kuni soat 09:35 larda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.R. YPX xodimi S.Boboyevga 2.000.000 (ikki million) so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!