Jizzaxda besh kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda besh kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi tomonidan Jizzaxda besh kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Daryo ga jinoyat ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi T.Roziqov (ism va familiyasi o‘zgartirilgan), 2018 yil 30 dekabr kuni soat 11:20 da VAZ-21074 mashinasida tegishli hujjatlarsiz Forish tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydab ketayotganida Xonbandi-Forish yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Nexia mashinasi yo‘liga chiqib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Hodisa oqibitda besh kishi halok bo‘lgan, yana olti kishi turli xildagi tan jarohati olgan.

Sud T.Roziqovni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismining a bandi bilan aybdor deb topdi.

Jinoyat sudlanuvchining ehtiyotsizligi oqibatida sodir etilganiga qaramay, besh kishi vafot etgani, olti kishi tan jarohati olgani, sudlanuvchiga nisbatan jabrlanuvchilarning da’vosi borligi inobatga olinib, T.Roziqovga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda, qonun sanksiyasi doirasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!