Jizzax aholisi ham gaz taqchilligi sabab mashinalar yo‘lini to‘sdi

Jizzax aholisi ham gaz taqchilligi sabab mashinalar yo‘lini to‘sdi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida gaz va elektr energiya yo‘qligidan norozi bo‘lgan aholi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Video muallifi ular asosan ayollardan iboratligini ma’lum qilgan.

Lavhada taxminan 20 ga yaqin xotin-qiz o‘zining noroziligini shu tarzda namoyish etayotganini ko‘rish mumkin. Hozircha mazkur holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirilmadi.

2020 yili dekabr oyi boshida Buxoro viloyatida gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar tufayli aholi ikkita hududda mashinalar yo‘lini to‘sishgan edi.

Qo‘qonda esa 10 dan ortiq xotin-qizlar uylarida gaz va elektr energiya yo‘qligi sabab shahar hokimiyati oldidagi yo‘lda o‘z noroziligini bildirgan (https://www.gazeta.uz/uz/2020/12/28/kokand/) edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!