Japarov Qirg‘iziston prezidenti saylovlarida nomzodini ilgari suradi

Japarov Qirg‘iziston prezidenti saylovlarida nomzodini ilgari suradi

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Sadir Japarov davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surishini ma’lum qildi.

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun u dekabrda iste’foga chiqishni rejalashtirmoqda.

“Men boshqalar qatori saylovlarda ishtirok etaman. Agar g‘alaba qozonsam prezident bo‘laman, bo‘lmasa barcha kabi oddiy fuqaro bo‘laman”, - dedi Japarov. Uning so‘zlaridan Sputnik Qirg‘iziston iqtibos keltirgan.

Qirg‘izistonda muddatidan avvalgi prezident saylovlari 2021 yil 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakat Konstitusiyasiga binoan prezident v.b. o‘z nomzodini ilgari surish huquqiga ega emas.

Avvalroq Japarov agar qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritilsa, prezident saylovlarida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!