Janubiy Koreyaning KF-16 qiruvchisi halokatga uchradi

Janubiy Koreyaning KF-16 qiruvchisi halokatga uchradi

Janubiy Koreyaning KF-16 qiruvchi samolyoti Seuldan 120 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Sosan shahrida halokatga uchradi.

Bu haqda mahalliy “Yonhap” xabar berdi.

Hodisa 21-sentyabr kuni ertalab, qiruvchi harbiy bazadan havoga ko‘tarilganidan so‘ng sodir bo‘lgan.

Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchi favqulodda uloqtirilgan va uning hayoti xavf ostida emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!